Gapning indallosini aytganda, o‘simtalanish jarayonini bosqichlarga bo‘lish, shuningdek, davolash taktikasini tanlash uchun MRT va KT qo‘llaniladi. Bu uslublarning har biri alohida vazifalarni ko‘zda tutadi va muayyan ko‘rsatmalarga ega.
Chambar ichak saratonida KTning asosiy vazifasi quyidagi omillarni baholash sanaladi:
1. O‘simtaning ichak devori ichiga va yondosh tuzilmalarga tarqalishi.
2. Mahalliy va alohida limfatik tugunlarni baholash.
3. Jarrohlik amaliyoti hajmini aniqlash uchun o‘simtaning joylashuvini belgilash
4. Radikal amaliyotni bajarish uchun qon aylanishi (asosiy va qo‘shimcha arteriyalar, vena)ni baholash.
5. Alohida metastazalar (jigar, o‘pka, qorin bo‘shlig‘i devorlari)ni aniqlash uchun qorin bo‘shlig‘idagi a'zolar va tuzilmalar, ko‘krak qafasining holatini o‘rganish.
6. Metastazalarni baholash: ularning aniq joylashuvi, soni, o‘choqlar o‘lchami va ularning yondosh tuzilmalarga nisbatan joylashuvi (M belgilari haqidagi postga qarang).
Qayd etish kerakki, birlamchi o‘simtani va qorin bo‘shlig‘idagi boshqa a'zolar holatini to‘g‘ri baholash uchun KRS diagnostikasida KT HAR DOIM venaichi kontrasti bilan bajariladi.
Kontrast suyuqlik bizga uning to‘qimalarda to‘planishi darajasini baholash imkonini beradi:
✅ Zararsiz o‘simtalar kontrastni to‘plamaydi
❌ Zararli o‘simtalar kontrastni faol to‘playdi.