ONKO GID
Ogʻir yoʻlda sizning yoʻlboshchingiz
Цель, которого указать правильный вектор для онко-пациентов при помощи правильного информирования, предоставления дорожных карт и консультаций.
Yetakchi onkolog, jarroh, tibbiyot fanlari nomzodi
Madyarov Jasur Mohirovich
Koʻpchilik saraton tashxisiga yoʻliqqanda haqiqatan ham nima qilishni, qanday yoʻl tutishni, qanday tekshiruvlardan oʻtishni va qaysi mutaxassisga murojaat qilishni bilmaydi.
- siz bunday tashxisga ilk bor duch keldingiz va siz hech qanday tekshiruvdan ham oʻtmagansiz, nima qilishni ham bilmaysiz
- sizda qisman tekshiruv natijalari bor, ammo kimga murojaat qilishni va nima qilish kerakligini bilmaysiz
- siz shifokordan konsultatsiya olgansiz, lekin yana bitta mutaxassis fikrini bilmoqchisiz
- tekshiruv natijalari bor, biroq siz uni ekspertlar qayta tekshirib koʻrishlarini istaysiz
- siz sogʻlomsiz, ammo xalqaro tavsiyalarga koʻra organizmingizni tekshiruvdan oʻtkazishni xohlaysiz
- siz sogʻlomsiz, lekin muayyan tana aʼzongizni saraton bor-yoʻqligiga tekshirishni istaysiz
Bizning oliy maqsadimiz
Har bir bemorni tashxis haqida toʻliq xabardor qilish hamda unga toʻgʻri va yengil yoʻl koʻrsatish. Biz sizga muayyan klinika yoki mutaxassislarni tiqishtirmaymiz, balki tashxisni tushunishga yordam beramiz, mutaxassis konsultatsiyasiga tayyor boʻlishingiz uchun kerakli tekshiruv va tahlillar roʻyxatini tayyorlab beramiz.
Ammo klinika va shifokor tanlova HAMISHA OʻZ QOʻLINGIZDA boʻladi.
Men klinik tadqiqotlar va xalqaro tavsiyalarga asoslangan dalilli tibbiyot tarafdoriman
JASUR MADYAROV
ONKO GID asoschisi