Kombinatsiyali davolash turli terapevtik yondashuvlar, jumladan kimyoviy terapiya va nurli terapiyani o‘z ichiga oladi. Bu uslublarni davolash samaradorligini oshirish uchun, jarrohlik yo‘li bilan o‘simta olib tashlanishidan oldin yoki keyin qo‘llash mumkin.
Kimyoviy terapiya o‘z navbatida bir necha turga bo‘linadi:
➖Neoadyuvant (amaliyotdan oldingi) kimyoviy terapiya, u o‘simta o‘lchamini qisqartirish, faolligini susaytirish va o‘simtani butkul olib tashlash ehtimolini oshirish uchun o‘tkaziladi. U tufayli metastazalash xatari kamayishi va jarrohlik yo‘li bilan davolash optimallashishi mumkin.
➖Adyuvant (amaliyotdan keyingi) kimyoviy terapiya, u organizmda sirkulyasiya qilayotgan saraton hujayralarini bartaraf etish maqsadida qo‘llanadi, bu ham o‘z navbatida kasallik qaytalanishi (mahalliy retsidiv va alohida metastazalar) ehtimolini kamaytiradi.
➖Palliativ kimyoviy terapiya, uzoq tarqalgan o‘simta jarayonlarida va standart kimyoviy terapiya samara bermaganda qo‘llanadi. Asosiy vazifasi: o‘simta o‘sishini nazorat ostiga olish va simptomlarni yengillatish, turmush sifatini yaxshilash.
➖Targetli kimyoviy terapiya sog‘lom to‘qimalarga amalda zarar keltirmay, saraton hujayralarini dona-dona aniqlaydi va yo‘q qiladi. Preparatlar o‘simta hujayralarini topadi, ularga hujum qiladi, yangi hosilalar o‘sishini to‘xtatadi yoki parchalaydi.
➖Immunoterapiya saraton hujayralarini tanish va yo‘q qilish uchun organizmning immun tizimini kuchaytirish yoki stimulyasiyalashga qaratilgan.
Ko‘pincha kimyoviy va nurli terapiya uyg‘unligi qo‘llanadi:
To‘g‘ri davolash strategiyasi turli omillarga bog‘liq, jumladan o‘simta jarayoni bosqichlari, o‘simtaning joylashuvi, bemorning umumiy salomatlik holati, individual omillar, yondosh patologiyalar va davolashni boshdan o‘tkazish imkoniyatlari. Kombinatsiyalangan davolashning optimal uslubi haqidagi qaror onkolog-jarrohlar, nur va kimyo terapevtlari ishtirokidagi konsiliumda qabul qilinadi.