Ushbu tekshiruv uslublari yo‘g‘on ichak shilliq pardasining holatini vizual baholash: yangi o‘sma (o‘simta, poliplar) aniqlanganda biopsiya qilish yoki, imkon bo‘lsa, ularni to‘liq olib tashlash uchun zarur. Shu tariqa endoskopik uslublar nafaqat diagnostika, balki davolash uslublari ham sanaladi.
Ushbu uslublar o‘rtasidagi farqlar to‘g‘risida:
Kolonoskopiya yo‘g‘on ichakning barcha bo‘limlarini ko‘zdan kechirish imkonini beradi.
Rektoskopiya yo‘g‘on ichakni va sigmasimon ichakning distal bo‘limlarini tekshirish imkonini beradi.
Uskunalar material va apparat uzunligi bilan farqlanadi:
• kolonoskop moslashuvchan, yarim metrgacha bo‘lgan uzun asosga ega;
• rektoskop qattiq metall asosga ega bo‘lib, uzunligi 30 santimetrdan oshmaydi.
Rektoskop rigid (temir) asosga ega bo‘lib, kolonoskop kabi bukilmaganligi tufayli o‘simta joylashuvini aniqlashda ishonchliroq bo‘ladi va to‘g‘ri ichak saratonida afzalroq uslub sanaladi.
Qanday tayyorgarlik ko‘riladi?
Rektoskopiyada: 3 kun oldindan kletchatkasi kam ovqatga o‘tiladi, donli va dukkakli mahsulotlardan, yog‘li go‘shtdan, shirinliklar, sut, qahva, alkogoldan voz kechiladi. Rang beruvchi preparatlar (ko‘mir, vismut, temir) qabul qilish to‘xtatiladi.
Tekshiruv o‘tkaziladigan kun arafasida oxirgi marta kamida 15-16 soat oldin ovqat yeyish mumkin, kechqurun faqat suyuqliklar: suv, sok, kompot ichgan ma'qul. Ertalab shirin choy icha bo‘ladi.
Ichakni klizma yordamida tozalash mumkin, uni uyqudan oldin va tekshiruv o‘tkazilishidan 3 soat oldin amalga oshirish kerak (250 ml.dan 2 ta klizma yoki dorixonalardagi tayyor mikroklizmalar).
Kolonoskopiyada: ovqatlanish borasida xuddi o‘sha tavsiyalarga rioya qilinadi lekin ichakni tozalash uchun davolovchi vrach belgilagan preparatni qabul qilishingiz lozim bo‘ladi.
Agar endoskopiya uslublari davomida o‘smalar aniqlansa, biopsiya amalga oshiriladi, u gistologik yoki sitologik tekshiruvga yuboriladi.