Onkomarkerlar

Agar onkomarkerlar uchun tahlil topshirib, o‘zingizda saratonning bor-yo‘qligini tushunish mumkin bo‘lsa, nega ko‘plab tahlillar topshirish va har yili check-up qilish kerak?

Avvalo shuni aytish kerakki, butun organizmning holatini aniqlay oladigan yagona onkomarkerlar tahlili mavjud emas. Onkomarkerlar uchun tahlillar juda ko‘p va zarurlarini shifokor bemorning kasallik tarixini o‘rganib chiqqandan so‘ng belgilaydi.

Onkomarkerlar — qonda hosil bo‘ladigan maxsus oqsil/antigenlardir. Me’yorida ular hujayralar tomonidan juda oz miqdorda ajratiladi, ammo xavfli o‘simtalar mavjud bo‘lganda bu moddalarning miqdori keskin ortadi.

Bugungi kunda faqat onkologik kasalliklarga chalingan bemorlarda 100% uchraydigan o‘simta o‘sishining birorta ham markeri yo‘q. Tahlil natijalariga organizmda yallig‘lanish jarayonlari, infeksiyalar, gormonal muvozanatning buzilishi, stress va hatto oddiy chekish ham ta’sir ko‘rsatadi.

Shuning uchun ham faqat shu tahlil natijalari asosida onkologik kasallikni tasdiqlash yoki inkor etish mumkin emas.

Ushbu tahlil FAQAT BOSHQA TASHXIS USULLARI BILAN BIRGALIKDA onkologik kasallikni erta bosqichda aniqlashga yordam beradi. Aynan shu sababli har yillik check-up va boshqa tahlillar juda zarur hisoblanadi.

Onlayn konsultatsiya

Есть вопрос, который не всегда легко задать кому-то из близких, убрать тревоги, сомнения, пишите. Мы рядом!

Bilib qo‘ygan foydali

5

Yangiliklar

Ochiq jarrohlik amaliyoti o‘sma jarayonining tarqalishiga qarab, shuningdek, bemorning individual xususiyatlaridan...

Hozirda kam invaziyali (laparoskopik va robot ishtirokidagi) amaliyotlar KRSni jarrohlik yo‘li bilan davolashda...

❌ Nurli terapiya sogʻlom toʻqimalarni albatta shikastlaydi. ✅ Zamonaviy texnologiyalar oʻsimtani aniq nishonga...

Eng maqbul terapiyani tanlash uchun davolashdan oldin batafsil tekshiruv oʻtkaziladi. Bu yerda individual yondashuv...

uz_UZ